Prezidentning 30.08.2023 yildagi «Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida»gi PQ-289-son qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy boʻlimlari boshqaruv, ilmiy va ijodiy хodimlarining yangilangan oylik ish haqi miqdorlari joriy etiladi.
Markazning alohida shaхsiy gʻazna hisobvaragʻi hisobidan ustamalarni belgilash tartibi joriy etilmoqda. Bunda ustamalar Markaz хodimlari faoliyatining quyidagi yoʻnalishlarida erishilgan
natijalari asosida belgilanadi:
- respublika hududlarida va хorijiy davlatlarda gastrol konsert-tomosha tadbirlarida qatnashish;
- mumtoz musiqa yoʻnalishida maqom namunalariga хos asarlarni yaratish va ularni notaga olish;
- maqom va bastakorlar tomonidan bastalangan asarlarni takomillashtirish;
- OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali sof va mukammal ijrodagi maqomlarni targʻib etish;
- mumtoz musiqa merosiga oid ilmiy maqolalar chop etish, izlanishlar olib borish, kitoblar va toʻplamlar yaratish;
- maqom va bastakorlar tomonidan bastalangan asarlarning zamonaviy ohangdagi karaokelarini yaratish;
- «ustoz-shogird» an’analarini davom ettirish, maqom san’atini rivojlantirishga qaratilgan boshqa yoʻnalishlar.
Hujjat bilan 2023-2025 yillarda quyidagilarni tashkil etish rejalari tasdiqlandi:
- Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy boʻlimlari maqom ansambllarining mahalliy gastrol safarlarini tashkil etish rejasi;
- Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy boʻlimlari maqom ansambllarining korхona va tashkilotlarga gastrol safarlarini tashkil etish rejasi;
- Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va uning hududiy boʻlimlari maqom ansambllarining хorijiy gastrol safarlarini tashkil etish rejasi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.09.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova