Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak 2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

Maqsadli doktorantura qanday tuzilgan

24.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 19.07.2019 yildagi 606-son qarori).

 

Maqsadli doktorantura — bir oliy ta’lim yoki ilmiy muassasa (buyurtmachi tashkilot) uchun yetishmayotgan ilmiy darajali kadrlarni boshqa muassasada tayyorlashni oʻz ichiga oladi. Maqsadli doktorantura idora ichida,  idoralararo yoki davlatlararo shaklida amalga oshiriladi. Dastlabki ikki holatda tayyorlashni amalga oshiruvchi tashkilot, buyurtmachi tashkilot va doktorant oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi, davlatlararo shaklida - хalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan tartibga solinadi.

 

Maqsadli doktoranturaga nomzodlar buyurtmachi tashkilot tomonidan tavsiya etiladi, bir oʻringa nomzodlarning soni kamida 2 nafar boʻlishi lozim.

Idora ichida va idoralararo maqsadli doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilarga tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda stipendiya toʻlanadi hamda ta’til beriladi.

 

Dissertatsiya ishi himoya qilinib, diplom olinganda yoхud tegishli ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganda doktorantura muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi. Maqsadli doktoranturani muvaffaqiyatli yakunlagan doktorantlar uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotda kamida 3 yil ishlab berishi lozim.

 

Maqsadli doktoranturaga qabulni tashkil etish quyidagi tartib va muddatlarda amalga oshiriladi:

Shuningdek Nizomda maqsadli doktoranturada kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi hamda buyurtmachi tashkilotning huquq va majburiyatlari belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.