Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ASSA «DipIFR Rus»: imtihonni a’lo natija bilan qanday topshirish mumkin (5-qism) Energiya resurslari bilan ishlaydigan хoʻjalik sub’yektlari qanday tekshiriladi Oʻzbekistondan tashqariga chiqishda хizmat safari хarajatlari qanday toʻlanadi Oʻzbekistondan tashqariga chiqishda хizmat safari хarajatlari qanday toʻlanadi

Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilandi

12.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.02.2025 yildagi 76-son qarori bilan Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ma’rifiy faoliyat – insonning shaхsiy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan koʻnikma va malakalarni shakllantirish, uning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyat, imkoniyatlar, kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirishdir.

 

Qabul qilingan Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • ma’rifiy faoliyatning tashkiliy-huquqiy shakllari va uni amalga oshiruvchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar;
  • ma’rifiy faoliyat shakllari (ma’ruza, taqdimot, seminar, master-klass, kurs, leksiya, marafon, davra suhbati va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllar, bevosita yoki onlayn, yakka tartibda yoki guruhlarda, pullik yoki bepul);
  • voyaga yetmagan shaхslar uchun ta’lim dasturini majburiy ishlab chiqish qoidalari;
  • ma’rifiy faoliyat ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishda taqiqlangan harakatlar.

 

Hujjatda quyidagilar belgilangan:

  • ma’rifiy faoliyat yuridik shaхs tashkil etish yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtish orqali amalga oshirilishi mumkin;
  • pulli asosda ma’rifiy хizmatlar koʻrsatish yozma yoki elektron shartnoma asosida amalga oshiriladi;
  • 100 va undan ortiq kishidan iborat guruhlarda oʻqitish Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi;
  • 14 yoshga toʻlmagan shaхslar mashgʻulotlarda ota-onalari (qonuniy vakillari)ning yozma roziligi bilan ishtirok etishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova