Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Markaziy bank naqd pullarning elektron maydonini joriy etadi

01.05.2023

Rus tilida oʻqish

Markaziy bankning qarori (roʻyхat raqami 3003-4, 27.04.2023 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (roʻyхat raqami 3003, 01.05.2018 y.) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Oʻzgartirishlar “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasini joriy etish bilan bogʻliq. Mazkur platforma dastlab Toshkentdagi bank filiallarida tajriba sifati, soʻngra respublikaning barcha hududlarida joriy qilinadi.

 

Elektron maydonni tashkil etish maqsadi – tijorat banklariga pul mablagʻlarini boshqarishda koʻproq erkinlik berish.

 

Bunda tijorat banklarining boʻlinmalari oʻzlarining ortiqcha naqd pullarini taklif etishi, naqd pulga talabi boʻlgan boshqa boʻlinmalar esa ushbu pul mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin.

 

Oʻz navbatida, naqd pullarga boʻlgan talablari platforma orqali qanoatlantirilmagan bank boʻlinmalari Markaziy bank tomonidan naqd pullar bilan ta’minlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.