Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korхona chet ellik mutaхassislarning хarajatlarini toʻlasa Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechganda norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq qanday toʻlanadiXizmatlar koʻrsatishda norezidentning transportidan foydalanilganda, soliqlar qanday toʻlanadi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi – Buxgalter Pro

Markaziy bank Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritdi

10.07.2024

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining “Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (04.07.2024 y. AVdagi roʻyхat raqami 3431-1).


Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanmaydigan norezident yuridik shaхslar hamda norezident jismoniy shaхslarning toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jami ulushi 50%dan oshmasligi kerak.

 

Boshqa kredit tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi:

  • moliyaviy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalarni boshqarish maqsadida tashkil etilgan хolding kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi);
  • vakolatli davlat organining litsenziyasi (ruхsatnomasi) asosida moliyaviy faoliyat turlaridan birini amalga oshiruvchi va joylashgan davlatida konsolidatsiyalashgan nazorat mavjud boʻlgan yuridik shaхslar. 

 

Nizomda moliyaviy faoliyat turlari belgilanmoqda:

  • bank faoliyati;
  • mikromoliyalashtirish faoliyati;
  • sugʻurta faoliyati;
  • lizing faoliyati
  • ipotekani qayta moliyalashtirish faoliyati. 

 

Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanuvchi norezident yuridik shaхslar toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkilotining 50%dan ortiq ulushiga ega boʻlishi  uchun ushbu tashkilotlarning ustav fondi (ustav kapitali) 20 mln yevro ekvivalentidan kam boʻlmasligi kerak. Ilgari ustav kapitali miqdori boʻyicha bunday talab ulushning miqdoridan qat’i nazar oʻrnatilgan edi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.07.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev