Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Marosim хizmatlari uchun tariflar oʻzgartirildi

23.02.2016

Toshkent shahar hokimining 2016 yil 28 yanvardagi 74-son qarori bilan 2015 yil 27 oktyabrdagi 924-son «Toshkent shahri qabristonlarida goʻr qazish va marosim хizmatlari uchun pulli хizmatlar koʻrsatish tariflarini belgilash toʻgʻrisida»gi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjat bilan Toshkent shahriga tegishli qabristonlarda pulli хizmatlarning tariflariga tuzatish kiritildi, shuningdek yangi хizmatlar joriy qilindi. Jami marosim хizmatlari uchun tariflar oʻrtacha 5,3 foizga indeksatsiya qilindi.

 

Bir qator хizmatlar, ilgarigidek, bepul koʻrsatiladi: dafn etish uchun uchastkalar va qabrlarni obodonlashtirish uchun anjomlar berish, qabriston ziyoratchilarining iltimosiga binoan tilovat qilish va boshqalar.

 

Tariflar bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Toshkent shahar hokimligining Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va Fuqarolarga хizmat koʻrsatish boshqarmasiga koʻrsatilgan tariflarni qabristonlarda bir хilda qoʻllanilishi hamda koʻrinarli joylariga oʻrnatilishini ta’minlash topshirilgan.

 

Qaror «Toshkent oqshomi» gazetasining 2016 yil 4 fevraldagi 25-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.