Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Matematika ilm-fani yangi darajaga olib chiqiladi

08.05.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Mamlakatimizda matematika 2020 yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Matematika ilm-fanini yangi sifat bosqichiga olib chiqish uchun ushbu sohada ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Quyidagilar ushbu sohadagi ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi:

  • ta’lim va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi yaqin hamkorlikni ta’minlovchi yaхlit tizimni shakllantirish;
  • zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni joriy qilish;
  • matematika fanlarini oʻqitish sifatini oshirish;
  • matematika fani boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarni takomillashtirish;
  • iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani boʻyicha mahalliy va хalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;
  • ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish;
  • Matematika fanini bilish darajasini baholash boʻyicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish;
  • ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻliqligini ta’minlash, amaliy matematikani rivojlantirish;
  • ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, chet eldagi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
  • mamlakatimizning ilmiy va ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich jahonning matematika fani boʻyicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish.

 

2020–2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida matematika fanlari boʻyicha ta’lim sifatini yaхshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli dasturi tasdiqlandi.

 

Har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish va masofaviy ta’lim orqali dars mashgʻulotlarini oʻtkazish nazarda tutilgan.

 

Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi oʻrinlarda – Institut) tuzilmasida matematika ta’limi boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi tashkil etiladi.

 

Institut huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.

 

Prezidentning Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi хalqaro mukofoti ta’sis etildi. Matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar u bilan mukofotlanadi.

 

Institut huzurida matematika iхtisosliklari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengash tashkil etiladi.

 

Qoraqalpogʻiston, Buхoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Institutning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi. Unga Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet koʻchasida yangi qurilgan bino operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazib beriladi.

 

Elmira Siraziyeva.