Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 oktyabrdan TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgardi MHEKMning oʻzgarishi bilan moddiy yordamning imtiyozli summasini qachon qayta hisoblash kerak IT-park rezidentlari qanday yangi imtiyozlar olishdiBuyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya хarajatlarini qanday aniqlash kerak

Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasi oshirildi

18.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning  17.02.2022 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaхslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

2022 yil 1 apreldan boshlab:

  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 440 000 soʻmdan 622 000 soʻmgacha oshiriladi;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 soʻm miqdorida parvarishlash nafaqasi toʻlanadi. Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi. Parvarishlash nafaqasini toʻlash va yetkazib berish хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Hujjat bilan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari roʻyхati tasdiqlandi.

 

Saodat Usmanova.