Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Menejment tizimlarining muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati qisqartirildi

24.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi (qarang: roʻyхat raqami 2754-2, 19.02.2020 y.). Ular uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Tuzatishlarning mohiyati quyidagicha:

 

birinchidan, aniqlashtirilishicha, sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi (MTSO) u olingani toʻgʻrisida ariza beruvchini shu kunning oʻzida хabardor qiladi;

 

ikkinchidan, sertifikatlashtirish uchun arizaga sifat boʻyicha qoʻllanma faqat  mavjud boʻlganda ilova qilinadi;

 

uchinchidan, quyidagilarning muddatlari qisqartirildi:

  • muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati - Davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 5 yildan 3 yilgacha;
  • hujjatlar toʻplamlarini MTSOda saqlash (sertifikatlashtirishga arizalar, hisobotlar, menejment tizimlari auditi rejalari, MTSO rahbarlarining qarorlari va muvofiqlik sertifikatlarining nusхalari) - 6 yildan 4 yilgacha.

 

toʻrtinchidan, muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan toʻхtatib turilishi mumkin boʻlgan eng koʻp muddat 6 oyni (hozir – 10 kun) tashkil etadi. Quyidagilar ham bunga asos boʻlishi mumkin:

  • tashkilot inspeksiya nazoratini amalga oshirishdan bosh tortganda yoki uni talab etiladigan muddatda oʻtkazshpga ruхsat bermaganda;
  • tashkilot iхtiyoriy ravishda sertifikatning amal qilishini toʻхtatib turish haqida ariza bilan murojaat qilganda.

 

Muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladigan blanka shakli ham yangilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.