Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

“Mening bogʻim” loyihasi qanday moliyalashtiriladi

03.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.03.2024 yildagi 156-son qarori bilan jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.

 

Qonunchilikka asosan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq byudjet” aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi (23.11.2023 y. PF-199-son).

 

Bunda “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish boʻyicha yer maydoni manzili va rasmlari koʻrsatilgan holda, qiymati 250 mln soʻmdan oshmagan tashabbus bildiriladi. “Mening bogʻim” loyihalariga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida oʻtkaziladi.

 

Ajratiladigan mablagʻlar miqdoriga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi. Aniqlik kiritilgan miqdordan oshgan taqdirda loyihaga boshqa loyihalarda iqtisod qilingan mablagʻlar ajratiladi. Shuningdek, loyihalarga viloyatlar va poytaхt Kengashlarining qarorlari asosida mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha mablagʻlari sarflanadi.

 

Hujjat bilan Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan "Mening bogʻim" loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.  U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirish tartibi;
  • loyihalarni shakllantirish, saralab olish va gʻoliblarni aniqlash;
  • gʻolib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish;
  • hisobdorlik va ochiqlikni ta’minlash;
  • javobgarlik va loyihalarni amalga oshirish ustidan nazorat.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.04.2024 yildan kuchga kirdi.


 

Lola Abduazimova