Vazirlar Mahkamasining 09.08.2023 yildagi 349-son qarori bilan Toshkent metropolitenining 19 ta yer usti yoʻli bekatlarining nomi tasdiqlandi.
Hujjat “Geografik ob’yektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq mahalliy aholi va jamoatchilikning fikrlari, takliflarini inobatga olgan holda hamda geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasining хulosasiga koʻra ishlab chiqilgan.
Xususan, yer usti metro halqa yoʻlining “Doʻstlik – Qoʻyliq” yoʻnalishiga “Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi” nomi berildi. “Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi” yer usti metro halqa yoʻlining 14 ta bekatiga va “Chilonzor” yoʻlining “Olmazor – Sergeli” yoʻnalishining 5 ta bekatiga nomlar hujjatga ilovadagi roʻyхatda keltirib oʻtilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.