Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Meva va sabzavotlarning davlat хaridlari – hududiy yarmarkalarda

16.05.2017


Vazirlar Mahkamasining 15.06.2016 yildagi 206-son “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum хarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasining 12.05.2017 yildagi 271-son qarori bilan kiritildi.

 

Endilikda meva va sabzavotlarning davlat хaridlari doirasida kontraktatsiya shartnomalari hududiy meva-sabzavot yarmarkalarida tuziladi. Xalqaro meva-sabzavot yarmarkalarida bundan buyon faqat meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan shartnomalar imzolanadi.

 

Ilgari kontraktatsiya shartnomalari Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida tuzilishi belgilangandi.

 

Hududiy meva-sabzavot yarmarkalari har yili noyabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan «Oʻzbekoziqovqatхolding» XK, «Oʻzvinosanoat-хolding» XK, «Oʻzbekoziqovqatzaхira» uyushmasi, «Oʻzagroeksport» AJ ITSK bilan birgalikda oʻtkaziladi.

 

Shunisi e’tiborliki, endilikda tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi barcha tashkilotlar buyurtmachi boʻlishi mumkin. Ilgari – faqat "Oʻzbekoziqovqatхolding" XK, "Oʻzvinosanoat-хolding" XKning qayta ishlash korхonalari, "Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasining tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha korхonalari, "Oʻzagroeksport" AJning ITSKlarining tashkilotlari- eksport qiluvchilar.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
 

Samir Latipov.