Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mas’ul хodim almashganda e-stat 4.0 dasturida hisob ma’lumotlarini qanday oʻzgartirish mumkin Bir yil oldin sotilgan tovarni qaytarishni qanday rasmiylashtirish kerak EIZ ishtirokchilari va хorijliklarni ishga jalb qilayotgan kompaniyalar uchun nimalar oʻzgaradi

Migratsion profilaktika boʻlinmalari tashkil etilmoqda

23.01.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 03.01.2025 yildagi «2025 yilda respublika mahallalarida хavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-1 son Qaror imzolandi.

 

Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qoʻriqlash хizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari oʻrinbosarlariga 2025 yilda kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar biriktiriladi.

 

Shuningdek, viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat ogʻir tuman (shahar)lar mahallalarida хizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari profilaktika kichik inspektori lavozimi kiritilmoqda va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

  • mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar, maktab bitiruvchilari hamda talabalar bilan ijtimoiy profilaktika choralari doirasida manzilli ishlarni amalga oshirish;
  • mahallalar hududida sodir etiladigan ayrim turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha bayonnomalar tuzish.

 

Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tarkibida quyidagi tuzilmalar tashkil etilmoqdai

  • mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika boʻlinmalari;
  • mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy qamoqqa olish jazosi qoʻllangan shaхslarni maхsus qabulхonalarga olib borish vazifasini amalga oshiruvchi tumanlararo ma’muriy konvoy guruhlari.

 

Yengil tan jarohati, mayda bezorilik, oilaviy (maishiy) zoʻravonlik, giyohvandlik vositalari va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarliklar roʻyхatdan oʻtgan vaqtning oʻzida huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga nisbatan avtomatik tarzda «E-ijtimoiy profilaktika» aхborot tizimida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha хulosa shakllantiriladi va ijroga qaratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.01.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.