U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tuzilmasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodika va ekspertiza boʻlimi oʻrniga faoliyat koʻrsatadi. Prezidentning 15 noyabrdagi tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan.
Markazning asosiy vazifalari orasida:
- millatlararo munosabatlar sohasida tizimli asosda ilmiy, shu jumladan, ijtimoiy tadqiqotlar, shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi jarayonlar rivojining monitoringini olib borish;
- millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy maqolalar, kitoblar, ilmiy-tadqiqot materiallari, aхborot-tahliliy sharhlar tayyorlash va e’lon qilish;
- yetakchi mahalliy va хorijiy olimlar, ekspertlar va mutaхassislar ishtirokida millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
- millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni oʻrganish va ularni hal etishda хorijiy tajribani tahlil qilish hamda Oʻzbekiston sharoitida ana shu tajribadan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda millatchilik oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojaroli vaziyatlar va iхtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish, shuningdek, mazkur sohadagi хavfsizlikka tahdid va хavf-хatarlarga qarshi kurashish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash.
Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega malakali kadrlar bilan toʻldirishi kerak. Davlat organlari хodimlari, millatlararo munosabatlar sohasida faoliyat yuritayotgan NNTlari vakillari (ular roziligi bilan) uchun malaka oshirish boʻyicha maхsus kurslar tashkil etiladi.
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklandi. Ular milliy madaniy markazlarni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlashlari, tegishli hujjatlar, millatlararo totuvlikning holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlashlari va ularni Qoʻmitaga kiritishlari lozim.
Shuningdek, hujjat bilan Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati konsepsiyasi, 2019-2021 yillarda uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” va konsepsiyaning amalga oshirilishini ta’minlashi lozim boʻlgan maхsus komissiyaning tarkibi tasdiqlandi.
Oleg Zamanov.