Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Milliy gvardiya qoʻriqlash bosh boshqarmasining boʻlinmalari хizmatlar koʻrsatishadi

20.12.2021

Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik boʻlinmalari toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqladi (2021 yil 16 dekabrdagi 757-son VMQ).

 

Nizom Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 2 fevraldagi PQ-4997-son Qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik boʻlinmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi (keyingi oʻrinlarda - boʻlinmalar);
  • boʻlinmalarga ishga qabul qilish, ularning ishchi va хizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi;
  • boʻlinmalar ishchi va хizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
  • boʻlinmalarning moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minotini tashkil etish;
  • boʻlinmalar ishchi va хizmatchilarining ijtimoiy himoyasi tartibi.

 

Nizom harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarni ham belgilaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.12.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Saodat Usmanova.