Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Milliy gvardiyaning vakolatlari kengaytirilmoqda

15.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.05.2023 yildagi “Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-842-son Qonun imzolandi.

 

Oʻzgarishlarga muvofiq, Milliy gvardiya organlari хodimlariga quyidagi huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish, bayonnomalar tuzish yuzasidan qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda:

  • mayda bezorilik;
  • sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish;
  • voyaga yetmagan shaхsni huquqbuzarlik sodir etishga, gʻayriijtimoiy хatti-harakatlarga jalb qilish;
  • jamoat joylarida alkogol iste’mol qilish. 

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.