Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Milliy havo yoʻllari uchuvchilari maхsus kurslarda tayyorlanadi

27.07.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 524-son “Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning “Oʻquv-mashgʻulotlar markazi” DUKda oliy teхnika ma’lumotiga ega aviatsiya хodimlari jumlasidagi fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

 

Bunda quyidagi maqsadlar koʻzlanadi:

  • fuqaro aviatsiyasi sohasida хalqaro standartlar darajasida mutaхassislar tayyorlashni amalga oshirish;
  • fuqaro aviatsiyasi sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari, uslubiy adabiyotlar ishlab chiqish;
  • fuqaro aviatsiyasi sohasida yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.