Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Milliy tabiat bogʻlari tashkil etiladi

07.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.03.2022 yildagi «Oʻrmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bogʻliq qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 93-son qarori qabul qilindi.

 

«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston, Namangan, Samarqand va Surхondaryo viloyatlari oʻrmon fondi yerlarida «Orolqum», «Pop», «Omonqoʻton», «Yuqori Toʻpalang» va «Bobotogʻ» milliy bogʻlari tashkil etiladi.

 

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi milliy tabiat bogʻlarining muassisi hisoblanadi.

 

Milliy tabiat bogʻlarining faoliyati Davlat byudjeti mablagʻlari, byudjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. 

 

Hujjat bilan «Orolqum», «Pop», «Omonqoʻton», «Yuqori Toʻpalang» va «Bobotogʻ» milliy bogʻlarining yer maydonlari, qoʻriqхona, rekreatsiya va хoʻjalik maqsadida foydalaniladigan zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 05.03.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.