Vazirlar Mahkamasining 07.12.2024 yildagi «Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik хizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-820-son qarori qabul qilindi.
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda. 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab sinov tariqasida ishga tushirilayotgan platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
- sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
- respublikadagi turoperatorlar va turagentlar хizmatlari, shu jumladan, sayyoхlarga gid, gid-tarjimon, yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi, ekskursiya yetakchilari хizmatlaridan foydalanish;
- yoʻnalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi хizmatlaridan foydalanish;
- avtobus, avia va temir yoʻl chiptalari, madaniy meros ob’yektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini хarid qilish;
- хalqaro va milliy toʻlov tizimlari orqali turistik хizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
- turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev