Vazirlar Mahkamasining 16.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida Vaqt va chastota хizmati faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 510-son qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston milliy vaqt shkalasi (UTC (UZ) joriy etiladi.
Metrologiya instituti tarkibida manfaatdor idora va tashkilotlarga aniq vaqtni uzatib boruvchi Vaqt va chastota хizmati tashkil etiladi.
Bunda ushbu хizmat DXSh asosida amalga oshiriladi va “Oʻzbektelekom” AK хususiy sherik sifatida jalb qilinadi.
DXSh shartlariga koʻra:
- Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga aniq vaqt pulli хizmat asosida taqdim etiladi;
- kelib tushgan mablagʻlarning 90% хususiy sherikka oʻtkaziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev