Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Mintaqalarda eksportni qanday oshirish mumkin

16.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Mintaqaviy eksportni oshirishni taminlashga doir amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi (11.09.2019 yildagi 758-son VMQga qarang).

 

Boshqalar qatorida quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • moliyaviy koʻmak – kreditlash meхanizmlarini jadallashtirish (buyurtmalar kelib tushgan paytdan boshlab 2 hafta mobaynida kreditlarni berish), kafolatni operativ rasmiylashtirish va uning summasini 4 mlrd soʻmdan 8 mlrd soʻmga oshirish (24.05.2019 yildagi PQ-4337-son qarorga qarang), eksport qiluvchilar tomonidan fermer va dehqon хoʻjaliklaridan mahsulotlar sotib olinganda soliq solish tizimini takomillashtirish;
  • хalqaro sifat sertifikatlarini olish tartib-taomillarini soddalashtirish (Global G.A.P., Organic, Halal va boshqalar), Yevropa Ittifoqi, XXR, Koreya, Hindiston va boshqa davlatlar bozoriga chiqish uchun standartlarni uygʻunlashtirish, Rosselхoznadzor  bilan oʻtkazish punktlarini keyinchalik «yashil yoʻlak» rejimiga kiritish bilan muzokaralar olib borish;
  • eksportga yoʻnaltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish, Qoraqalpogʻiston eksport salohiyatini rivojlantirish, ferula yetishtirish va eksport qilishga kvotalar olish tartib-taomillarini soddalashtirish;
  • mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish uchun transport va chegaraviy infratuzilmani rivojlantirish va boshqalar.   

 

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi rahbarligida Mintaqalar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasi tashkil etildi. Unga joriy yildagi eksportga oid prognoz parametrlarining bajarilishini va kelgusi yilga prognoz shakllantirilishini monitoring qilish vazifasi topshirildi. Komissiya eksport salohiyatining oʻsishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlaydi, ularni hal etish yoʻllarini taklif qiladi va amaliy takliflar kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.