Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MIZ ishtirokchilari uchun amaldagi va yangi soliq imtiyozlari haqida

15.09.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “Maхsus iqtisodiy zonalar (MIZ) ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori chiqdi.

 

Investitsiyalar oqimini ragʻbatlantirish va himoya qilish hamda MIZ ishtirokchilari tomonidan olingan imtiyoz va preferensiyalni saqlash maqsadida, qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

 

  • 2020 yil 1 yanvardan boshlab maхsus iqtisodiy zonalar (keyingi oʻrinlarda - MIZ) ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor boʻlganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi 2020 yil 1 oktyabrga qadar MIZ ishtirokchilari uchun toʻliq qoʻllaniladi. Bunda ushbu imtiyozlar ular reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda, 3 yildan 10 yilgacha boʻlgan muddatlarda amal qilishi mumkin;
  • MIZ ishtirokchilariga 2021 yil 15 sentyabrdan boshlab mahsulot ishlab chiqarishda va oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallarni import qilganda QQS va bojхona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning toʻlanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash taqdim etiladi.

 

Shu bilan birga qaror bilan Moliya vazirligi va DSQga MIZ boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash, shuningdek MIZ ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish hamda MIZ faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash topshirildi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 15.09.2021 yilda e’lon qilindi.

 

Jorilla Abdullayev, ekspertimiz.