Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

MIZ va KSZ muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanadi

08.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 06.06.2022 yildagi “Hududlarda maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-271-son qarori qabul qilindi.

 

Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sanoat maydonlarini tashkil qilish  uchun 2022 yilda maхsus iqtisodiy zonalarni tashqi muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi tasdiqlandi.

 

Mazkur dastur bilan belgilanishicha, bosh reja loyihalarini ishlab chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hamda hududlardagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Bunda bosh rejalarni ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Ob’yektlarni moliyalashtirish esa KSZning bosh rejalari ishlab chiqilgandan soʻng ta’minotchi tashkilotlar tomonidan berilgan teхnik shartlar asosida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, qabul qilingan qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 yilda MIZ, KSZ, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari yigʻma parametrlari;
  • quyidagilar:
    • 2022 yilda kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi;
    • 2022 yilda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi;
    • 2022 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi.

 

Bundan tashqari, hujjat bilan 2022 yilda hududlarda 363,29 ga qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda 104 ta yangi KSZni tashkil qilish nazarda tutilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.