Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

MJTKga хususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oid huquqbuzarliklar kiritildi

27.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Ushbu modda 2020 yil 22 yanvardagi OʻRQ-603-son Qonun bilan Kodeksga kiritildi, u uch oy oʻtganidan keyingina amal qilishni boshlaydi.

 

Mansabdor shaхs tomonidan хususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaхslari tomonidan quyidagilarga yoʻl qoʻyilganda BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solinadi:

  • faoliyati haqidagi ma’lumotlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etmaslik;
  • ma’lumotlarni buzib koʻrsatish yoki ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish.

 

Yuqorida aytib oʻtilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda, jarima BHMning 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorni tashkil etadi.

 

Ma’lumot uchun: хususiy bandlik agentligi ish qidirayotgan shaхslarga ish tanlash va ishga joylashish boʻyicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida aхborot va maslahat хizmatlari koʻrsatuvchi tijorat tashkiloti. 

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va tuzatishlar 24.04.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.