Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

«Mohir aloqachi» koʻkrak nishoni va «Oʻz kasbining ustasi» belgisi ta’sis etildi

02.12.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.11.2022 yildagi 681-son qarori bilan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida ishlovchi fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida «Mohir aloqachi» koʻkrak nishoni va «Oʻz kasbining ustasi» belgisi ta’sis etildi.

 

«Mohir aloqachi» koʻkrak nishoni bilan aхborot  teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan hamda ushbu sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega boʻlgan fuqarolar taqdirlanadi.

 

«Oʻz kasbining ustasi» belgisi bilan aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar «Mohir aloqachi» koʻkrak nishoni va «Oʻz kasbining ustasi» belgisi bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1 aprelga qadar vazirlikka taqdim etadilar.

 

Ular har yili 7 may – aloqa sohasi хodimlarining kasb bayrami arafasida topshiriladi. Taqdirlanganlarga BHMning 4,5 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.11.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.