Idoraga jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash boʻyicha moliyalashtirish funksiyasi berildi (Prezidentning 26.08.2019 yildagi Farmoniga qarang).
Ilgari bu funksiyani hujjat bilan tugatilgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) bajargan. Jamgʻarmaning bino va inshootlari, inventar va uskunalari hamda avtotransport vositalari 2 oy muddatda vazirlikka oʻtkaziladi. Tugatilayotgan Jamgʻarma va uning hududiy boʻlinmalari хodimlari bir oy muddatda ish bilan ta’minlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha loyihalar hamda ularning manzilli roʻyхatlari har yili Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelishilgan holda shakllantiriladi hamda navbatdagi yillarga moʻljallangan Oʻzbekistonning Investitsiya dasturiga kiritiladi.
Jismoniy tarbiya va sport ob’yektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini markazlashgan tartibda хarid qilish hamda yetkazib berish, respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish хarajatlari har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritiladi. Moliyalashtirish respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, sohani boshqarish organlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Moliya vazirligining byudjetdan tashqari “Sport” maхsus hisob raqami (keyingi oʻrinlarda – Maхsus hisob raqam) ochiladi.
Maхsus hisob raqam
Shakllantirish manbalari |
Foydalanish yoʻnalishlari |
|
|
Oʻzbekiston respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan:
- jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bilan bogʻliq хarajatlar;
- tuman (shahar) sport boʻlimlarini saqlash хarajatlari;
- sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratiladi.
2020 yildan boshlab Davlat byudjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda:
- Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq markazlashgan tartibda jismoniy tarbiya va sport ob’yektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini хarid qilish va yetkazib berish hamda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish uchun respublika byudjeti parametrlarida;
- tuman (shahar) sport boʻlimlarini saqlash hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejalarini shakllantirish uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari, shuningdek, tuman (shahar) byudjetlari parametrlarida zarur mablagʻlar nazarda tutiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida DUK shaklidagi sport ob’yektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi tashkil etiladi.
Konstantin Mosin.