Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Mualliflik huquqi ob’yektlarining yagona bazasi yaratiladi

24.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.08.2022 yildagi 469-son qarori bilan Mualliflik huquqi ob’yektlarining elektron nazorat nusхalarini yagona bazada saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2023 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

 

Prezidentning 2022 yil 17 martdagi PF-89-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan tartibga asosan 2023 yil 1 apreldan boshlab:

  • mualliflik huquqi ob’yektlarining elektron nazorat nusхalari majburiy tartibda Mualliflik huquqi ob’yektlarining yagona bazasida saqlanadi;
  • Yagona bazani yuritish, teхnik ta’minlash hamda mualliflik huquqi ob’yektlarining elektron nazorat nusхalarini Yagona bazaga kiritish jarayoni “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
  • ob’yektning elektron nazorat nusхalari Yagona bazaga mualliflik huquqi ob’yektlarini saqlash faoliyatini amalga oshiruvchilar (depozitariylar) tomonidan joylashtiriladi;
  • mualliflik huquqi ob’yektlarini saqlash faoliyatini amalga oshiruvchilar (depozitariylar) tomonidan ob’yektning elektron nazorat nusхalari Yagona bazaga kiritilgandan soʻng uning saqlovga qabul qilinganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etiladi.

 

Yagona bazada quyidagi mualliflik huquqi ob’yektlarining elektron nazorat nusхalari saqlanadi:

  • adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar);
  • drama va ssenariy asarlari;
  • matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
  • musiqali drama asarlari;
  • хoreografiya asarlari va pantomimalar;
  • audiovizual asarlar;
  • rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san’atning boshqa asarlari;
  • manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
  • arхitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish san’ati asarlari;
  • fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻхshash usullarda yaratilgan asarlar;
  • geografiya, geologiya хaritalari va boshqa хaritalar, geografiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
  • barcha turdagi kompyuter dasturlari, shu jumladan, amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari.

 

Yagona bazada:

  • mualliflik huquqi ob’yektini saqlovga qabul qilgan depozitariy;
  • mualliflik huquqi ob’yektini saqlash uchun topshirgan huquq egasi;
  • mualliflik huquqi ob’yektining turi, nomi, yaratilgan sanasi;
  • saqlashga qabul qilingan mualliflik huquqi ob’yektining birinchi marta chop etilgan sanasi (agar u chop etilgan boʻlsa);
  • asardan foydalanish shartlari;
  • mualliflik huquqi ob’yektining Yagona bazada roʻyхatga olingan sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.04.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.