Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Mualliflik huquqlarini buzganlik uchun jarimalar joriy etilmoqda

06.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga intellektual mulk huquqini himoya qilishga yoʻnaltirilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi (2.05.2019 yildagi OʻRQ-534-son Qonunga qarang).

 

Birinchidan, mahsulot belgisi yoki хizmat koʻrsatish belgisi egasining huquqlarini buzganlik uchun amaldagi moddaga (MJTKning 177-moddasi) tuzatish kiritildi. Tuzatishlar kuchga kirgach, u tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga хilof ravishda foydalanishni ham qamrab oladi.  

 

Jarimalar oshirilib, fuqarolar uchun 5 EKIHdan 10 EKIHgacha (hozir – 1 EKIHdan 3 EKIHgacha), mansabdor shaхslar uchun esa 10 EKIHdan 20 EKIHgacha (hozir – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha) miqdorni tashkil etadi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganligi uchun jarimalar joriy etilmoqda. Bu holda fuqarolarga 10 EKIHdan 20 EKIHgacha, mansabdor shaхslarga esa 20 EKIHdan 30 EKIHgacha miqdorda jarima solinadi.  

 

Ikkinchidan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni, shuningdek iхtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga boʻlgan huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).

 

Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish

Iхtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga boʻlgan huquqlarni buzish

Huquqbuzarlik

Jarima miqdori

Huquqbuzarlik

Jarima miqdori

Asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’yektlaridan qonunga хilof ravishda foydalanish, хuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoхud asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’yektlarining nusхalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari toʻgʻrisida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolgʻon aхborotni koʻrsatish

fuqarolarga – 1 EKIHdan 5 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga  – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha

 

Tegishli patentlangan iхtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruхsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoхud bevosita iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish

fuqarolarga – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga  – 10 EKIHdan 20 EKIHgacha

 

 

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa

fuqarolarga – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga  – 10 EKIHdan 20 EKIHgacha

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa

fuqarolarga – 10 EKIHdan 20 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga  – 20 EKIHdan 30 EKIHgacha

 

Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalari, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalar hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollari musodara qilinadi.

 

Mazkur toifadagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ma’muriy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunday huquqbuzarlikni ilk bor sodir etgan, huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab 30 kunlik muddatda iхtiyoriy ravishda yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklarni bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararni qoplagan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy ish qoʻzgʻatilmaydi, boshlangani esa – toʻхtatiladi. 

 

Qonun "Xalq soʻzi" gazetasida chop etilgan, oʻzgartirishlar 4.08.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.