Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Muborak Ramazon oyi 13 aprelda boshlanadi

09.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 8.04.2021 yildagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-5062-qaror imzolandi.

 

Jamiyatimiz hayotida tinchlik-barqarorlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, хalqimizning diniy-ma’naviy qadriyatlarini asrash va yanada rivojlantirish maqsadida:

  • Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga binoan Ramazon oyi 13 aprelda boshlanadi.
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib holda oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.