Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Muborak Ramazon oyi 2 aprel kuni boshlanadi

01.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 31.03.2022 yildagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga muvofiq, muborak Ramazon oyining boshlanishi 2 aprel kuniga toʻgʻri keladi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib tarzda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

 

Muborak Ramazon oyining mazmun-mohiyati insoniylik, shukronalik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni e’zozlash, oilalar hamda mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.

 

Lola Abduazimova.