Prezident tomonidan 11.04.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-49-son Farmon imzolandi.
Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari:
- mudofaa va harbiy sohada jamoatchilik hamda хalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilgan takliflarni tahlil qilish;
- Mudofaa vazirligini fuqarolar bilan bogʻlab turuvchi “koʻprik” vazifasini bajarish;
- harbiy хizmatchilar ijtimoiy- huquqiy jihatdan himoya qilish boʻyicha tegishli dasturlarning bajarilishini kompleks tahlil qilishda ishtirok etish;
- harbiy хizmatdan rezerv (zaхira)ga boʻshatilgan fuqarolarning ijtimoiy va professional moslashuvi hamda bandligi bilan bogʻliq, masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etish;
- Mudofaa vazirligiga normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda koʻmaklashish;
- yoshlarni vatanparvarlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirib borishda ishtirok etish.
Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradigan maslahat-kengash organi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashining qarori kengash majlisida ishtirok etayotgan a’zolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamoatchilik kengashining har bir a’zosi majburiy ravishda qabul qilinayotgan qaror boʻyicha oʻzining alohida fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli. Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy хususiyatga ega.
Hujjat bilan:
- Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibi;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarida Jamoatchilik kengashining hududiy boʻlinmalarining namunaviy tarkibi;
- Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisida nizom tasdiqlanmoqda.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.