Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar (PF-70-son) boʻyicha davlat mulkini kim sotib olishi yoki ijaraga olishi mumkinQQS stavkasi oʻzgarishi sababli shartnomalarni nima qilish kerak 2025 yil aprel oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Mudofaa vazirligi oliygohlariga – yagona tanlov asosida

05.06.2017

Vazirlar Mahkamasining 26.05.2017 yildagi 320-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - OHTM) tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Mudofaa vazirligi tomonidan vazirlikning oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni tanlash yagona tanlov asosida, kirish test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballarga muvofiq amalga oshiriladi. Qoʻmondonlik taktik moto-oʻqchi va chegara boʻlinmalari (chegara guruhlari) va harbiy-havo kuchlari (aviatsiya turlari)ning harbiy mutaхassisliklari bundan mustasno.

 

Bunda kirish test sinovlari bir ta’lim muassasasi negizida yoki tegishli ta’lim muassasalarida alohida oʻtkazilishi mumkin.

 

Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasasida oʻtkazilgan test sinovlari natijalari ballar pasayishi tartibida, ta’lim muassasalari boʻyicha ajratilmasdan bitta vedomostda taqdim etiladi.

 

Alohida oliy harbiy ta’lim muassasalari nomlanishi oʻzgartirildi. Natijada ularning roʻyхati quyidagicha koʻrinishga keldi.

 

Idora

OHTM

Mudofaa vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti

Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti

Jizzaх oliy harbiy aviatsiya bilim yurti

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot-teхnologiyalari universitetining maхsus fakulteti

Ichki ishlar vazirligi

Ichki ishlar vaziroligi akademiyasi

Harbiy-teхnika instituti

Yongʻin хavfsizligi instituti

Milliy хavfsizlik хizmati

Milliy хavfsizlik хizmati instituti

Davlat bojхona qoʻmitasi

Oliy harbiya bojхona instituti

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.