Vazirlar Mahkamasining 13.08.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalarini sotish tartibini yanada soddalashtirish toʻgʻrisida”gi 519-son qarori qabul qilindi.
Mudofaa vazirligining oʻziga tegishli umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalarini Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilari, ishchi va хizmatchilariga yopiq auksionlar oʻtkazish orqali sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Yopiq auksion oʻtkazish boʻyicha savdolar tashkilotchisi Mudofaa vazirligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadi. Uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish boʻyicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda "E-ijro auksion" elektron savdo maydonchasining ommaviy savdolariga chiqariladi.
Yopiq auksionni oʻtkazish tartibi Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.