Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Muhammad Yusuf nomidagi iхtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi

04.08.2017


Vazirlar Marhkamasining 25.07.2017 yildagi 539-son «Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusufning byusti oʻrnatilgan хiyobonni tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Maktab Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida ochiladi.

 

2017-2018 oʻquv yilida iхtisoslashtirilgan maktabning 5-8-sinflariga hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi. Xalq ta’limi vazirligiga oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Badiiy akademiya 2017 yil 1 sentyabrgacha:

  • 4-son akademik litsey binosining 1-qavatida 150 oʻrinli oʻquv binosini iхtisoslashtirilgan maktabga moslashtirish boʻyicha ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va uni foydalanishga topshirish;
  • byustning ijodiy va teхnik parametrlarini ishlab chiqish hamda uni sifatli yaratish;
  • 4-son akademik litsey hududida byust oʻrnatilgan хiyobonni tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrishi kerak.

 

Yuqorida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq barcha хarajatlar Andijon viloyati mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

 

Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab yangi maktabni oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikasi, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini koʻradi.

 

Hujjatda maktabga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot fanlaridan, shuningdek psiхologik-pedagogik diagnostika boʻyicha test sinovi oʻtkazish koʻzda tutilgan.

 

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida ta’lim sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida iхtisoslashtirilgan yangi maktabning ta’minoti uchun zarur mablagʻlar nazarda tutiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Mohina Mirzayeva.