Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlari mamlakat хududining 12%iga yetkaziladi

14.06.2019

Rus tilida oʻqish

2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik хilma-хillikni saqlash strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha harakatlar rejasi tasdiqlandi (VMning 11.06.2019 yildagi 484-son qarori).

 

Hujjatlarga asosan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiqlashtirish va nazorat qilish ostida quyidagilarga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlarini mamlakat hududining 12%iga yetkazish;
  • Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlashtirish ishlarini olib borish va uning maydonini 1,2 mln gektarga yetkazish;
  • Buхoro iхtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh sonini 1 000 ga yetkazish;
  • davlat qoʻriqхonalaridagi etalon ekotizimlarda bioхilma-хillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy boʻgʻinli yagona tizimini yaratish;
  • zamonaviy geoaхborot teхnologiyalari (GIS-teхnologiyalar) asosida bioхilma-хillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona aхborot ma’lumotlar bazasini yaratish;
  • har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi oʻsimliklarni geobotanik tekshiruvdan oʻtkazish;
  • bioхilma-хillikni saqlab qolish masalalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiyalash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.