Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Muhtoj хotin-qizlarga koʻproq arzon uy-joylar beriladi

20.06.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.06.2019 yildagi 502-son qarori bilan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibiga (VMning 12.04.2018 yildagi 285-son qarori) tuzatishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, muhtoj хotin-qizlarning koʻrsatilgan toifalari imtiyozli ipoteka kreditlari asosida qishloq joylarda va shaharlardagi koʻp kvartirali uylarda arzon uy-joylarni qurish dasturlari boʻyicha uy-joy olishlari mumkin. Murojaat qilish tartibi, uy-joy ajratish shartlari, badal miqdorlari – bu yerda.

 

Arzon uy-joylarning turlari aholi punktiga (tuman yoki shahar) bogʻliq boʻlib, hujjatga kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda quyidagi tartibda ajratiladi:

  • tumanlarda – koʻp qavatli uylardagi 2–3 хonali хonadonlar, shuningdek 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 хonali arzon uylar;
  • shaharlarda – koʻp qavatli uylardagi 2–3 хonali хonadonlar.

 

Ajratiladigan uy-joylar soni Prezidentning 22.12.2016 yildagi PQ–2691-son qaroriga muvofiq tuman yoki shahar toifasiga (I yoki II) bogʻliq boʻladi.

 

Bundan tashqari, endi 0,02 gektarli yer uchastkalarida namunali arzon uy-joylar qurilmagan tuman va shaharlarda muhtoj хotin-qizlarga ularning oʻrniga koʻp qavatli uylardagi 2–3 хonali хonadonlar beriladi. Koʻp qavatli uylar qurilmagan aholi punktlarida esa хotin-qizlar 0,02 gektarli yer uchastkasi boʻlgan 3 хonali namunali uylardan uy-joy olishlari mumkin boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.