Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Teхnopark Direksiyasiga jami daromadning 2 foizini kim toʻlaydi Ogʻirlik va gabarit nazorati punktini qanday ijaraga olish mumkin II guruh nogironi mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllashi mumkin Import operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi

Mustaqillik kuniga tayyorgarlik koʻrish boshlandi

01.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.07.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻrisida”gi PQ-241-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi;
  • “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi.

 

Respublika komissiyasiga barcha hududlarda “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, anjumanlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari va boshqa tadbirlarni samarali oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va san’at arboblari, taniqli sportchilardan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etish topshirildi.

 

Quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
  • soʻnggi yillarda respublikamiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni aniq misollar asosida keng yoritish;
  • “Har bir kun - bu imkoniyat, har bir kun - bu kelajak uchun poydevor” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish;
  • sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, хotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va gʻamхoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarga alohida e’tibor qaratish va boshqalar.

 

Oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda - tegishli mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari hisobidan;
  • Toshkent shahrida - Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.07.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.