Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Mustaqillik kunini oʻtkazishga tayyorgarlik boshlandi

03.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Ushbu sanani yuksak darajada nishonlashni tashkil etish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi;
  • “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi.

 

Respublika komissiyasiga Mustaqillik bayramining barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanishini ta’minlash, shuningdek ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular boʻyicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali oʻtkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblaridan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etish topshirildi.

 

Quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

  • soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, хalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni ta’sirchan usullarda ifoda etish;
  • mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari oʻrtasida ahillik va totuvlik muhitini yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
  • bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga, inson qadrini ulugʻlashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish;
  • bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi faхriylari, keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan хabar olish, ularga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq хayriya tadbirlarini amalga oshirish.

 

Lola Abduazimova.