Tegishli qarorni Prezident 2019 yil 8 iyul kuni imzoladi. Hujjat OʻzA saytida e’lon qilingan.
Respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi, unga “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish topshirildi. Bu tadbirlarni tashkil etishda balandparvozlik, rasmiyatchilik va yuzakilik holatlariga yoʻl qoʻymasdan, хolislik va haqqoniylik tamoyillari asosida oʻtkazish zarur, deb ta’kidlanadi hujjatda.
Mustaqillik kuniga yurtimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari uchun “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazish rejalashtirilgan. Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari bayram arafasida e’lon qilinib, taqdirlanadi.
Eng ulugʻ, eng aziz”, “Ranglar jilosida – ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” koʻrik-tanlovlari an’anaviy tarzda oʻtkaziladi.
Konstantin Mosin.