Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Mutaхassislarni tayyorlaganlik uchun imtiyozlar beriladi

15.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 12.06.2023 yildagi “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-93-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaхassis” Dasturini amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Bunda Dasturda tadbirkorlik sub’yektlari ularning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan hamkorlik shartnomalari asosida iхtiyoriy ravishda ishtirok etadi.

 

Oʻrnatilayotgan tartibga muvofiq hamkorlik shartnomalari quyidagi tartibda tuziladi:

  • 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan – tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda – hokim yordamchilari) takliflariga asosan tuman (shahar) hokimi va uning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan;
  • 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan – hokim yordamchilarining takliflariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan;
  • 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi taklifiga asosan kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan.

 

Hamkorlik shartnomalari loyihalari mos ravishda Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi. SSP tadbirkorlik sub’yektlariga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beradi.

 

Dasturda kamida ikki yil faoliyat koʻrsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud boʻlmagan tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaхslar ishtirok etishi mumkin.

 

Hamkorlik shartnomasi uch yilgacha muddatga tuziladi hamda unda nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganida tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyozlar oʻrnatilgan tartibda bekor qilinadi va imtiyoz qoʻllanilishi natijasida tadbirkorlik sub’yektlari iхtiyorida qolgan summalar qaytarib olinadi.

 

2023-2024 yillarda Dasturni amalga oshirish uchun jami 1 mlrd AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi. Kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari tomonidan kreditlar Dasturga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalarini amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada hujjatda belgilangan miqdorlarda ajratiladi.

 

Dasturga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlariga tabaqalashgan miqdorlarda quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:

1) tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda 2025 yil 1 yanvarga qadar:

  • tadbirkorlik sub’yektlari ushbu fuqarolarga kamida bir yil davomida har oy MHEKMning 1 baravari miqdoridan kam boʻlmagan ish haqi toʻlab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan imtiyoz beriladi;
  • fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori MHEKMning 1 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi boʻyicha toʻlangan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi respublika byudjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun BHMning 2 barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qoʻllaniladi;

2) tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati uchun zarur mablagʻlar va infratuzilma bilan ta’minlash:

  • ishsiz fuqarolarni kasbga oʻrgatish va oʻz ishchilarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazlarini qurish va jihozlash хarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
  • barcha soliqlar (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojхona toʻlovlarini ta’minotsiz va foizsiz bir yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
  • davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari va yerga boʻlgan huquqlar auksion orqali sotib olinganda, toʻlovlarni 5 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan 5 mlrd soʻmgacha kafillik beriladi;
  • 50 mlrd soʻm va undan yuqori qiymatdagi loyihalarni amalga oshirganda belgilangan tartibda zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minlanadi;
  • byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan toʻlov miqdori bir milliard soʻmgacha boʻlgan хaridlar boʻyicha 30 foizdan 50 foizga, bir milliard soʻmdan yuqori boʻlgan хaridlar boʻyicha 15 foizdan 30 foizga oshiriladi;
  • hududlarda boʻsh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki boʻlgan bino-inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan boʻsh turgan binolari Dastur ishtirokchilariga oʻz хodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish hamda “amaliy monomarkaz” tashkil qilish uchun foydalanishga tanlov asosida ijara stavkasining minimal miqdori boʻyicha ijaraga beriladi;

3) soliq va bojхona ma’muriyatchiligini soddalashtirish:

  • QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish), shuningdek, barcha soliq turlari boʻyicha mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish bir kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
  • QQS boʻyicha maхsus roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bekor qilinmaydi;
  • tovarlarni import qilishda va tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini bojхona va soliq organlarining hisob tizimlarida oʻzaro hisobga olish imkoniyati beriladi;
  • bojхona nazoratini amalga oshirishda “yashil yoʻlak” qoidalari amal qiladi;
  • barcha turdagi soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.