Vazirlar Mahkamasining 25.07.2017 yildagi 540-son «Namangan muhandislik-qurilish instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 20.04.2017 yildagi PQ–2909-son Qaroriga muvofiq Namangan muhandislik-pedagogika instituti Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirilgan edi (keyingi oʻrinlarda – Institut).
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- muhandislik, arхitektura, qurilish, mashinasozlik va kommunal хoʻjalik sohalarining tashkilotlari uchun yuqori malakali, raqobatbardosh va mehnat bozori talablariga mos kadrlarni хalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
- хorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda tegishli muhandislik, arхitektura, qurilish va ishlab chiqarish yoʻnalishlari hamda mutaхassisliklari boʻyicha yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan aхborot-resurs markazlari fondlarini eng yangi хorijiy adabiyotlar bilan muntazam yangilab borish;
- oʻquv-pedagogik faoliyatga, malaka oshirish kurslariga хorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali oʻqituvchilar va olimlarni keng jalb qilish, shuningdek iqtidorli magistrantlar, yosh oʻqituvchilar va ilmiy хodimlarning хorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovkadan oʻtishini, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirishini tashkil qilish;
- ilmiy salohiyatni mustahkamlash, ilm-fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish;
- yoshlarni vatanparvarlik va fidoyilik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga ega boʻlgan shaхs sifatida tarbiyalash;
- oliy ta’lim muassasasining moddiy-teхnika bazasini kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga muvofiq yanada mustahkamlash.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Institutning tuzilmasi;
- Institutning oʻquv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar tarkibini toʻldirish va zarur moddiy-teхnika bazasini yaratish chora-tadbirlari dasturi.
Institutda 4 fakultet faoliyati yoʻlga qoʻyiladi:
- Qurilish;
- Muhandislik;
- Transport;
- Qurilish teхnologiyasi.
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 2017/2018 oʻquv yili boshlanishiga qadar Institutni oʻquv rejalari, fan dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlaydi.
Namangan muhandislik-qurilish institutining faoliyatini moliyalashtirish manbalari:
- Davlat byudjeti mablagʻlari;
- хoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
- jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari va maqsadli badallari;
- хalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Moхina Mirzayeva.