Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Namunali fuqarolar yigʻinlari uchun mukofotlar, sanatoriyga yoʻllanmalar

04.09.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2019 yildagi 722-son qarori bilan fuqarolar yigʻinlarini reyting baholash, shuningdek mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi tasdiqlandi.

 

Hujjatga muvofiq fuqarolar yigʻinlari faoliyati yarim yillik va yil yakuni boʻyicha baholanadi. Baholash natijasida «namunali», «yaхshi», «qoniqarli» va «qoniqarsiz» deb topilgan fuqarolar yigʻinlari aniqlanadi.

 

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar tomonidan quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha baholash oʻtkaziladi:

  • tegishli hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda ushbu maqsadlar uchun kreditlar olishga koʻmaklashish;
  • aholini ish bilan ta’minlashga va bandligini rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
  • oilaviy ajralishlar;
  • ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalar;
  • notinch oilalar;
  • sodir etilgan jinoyatlar;
  • voyaga yetmaganlar, yoshlar tomonidan, shuningdek oila turmushi doirasida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar;
  • oʻz joniga qasd qilish va suiqasd qilish holatlari;
  • tomorqa yer uchastkalaridan unumli foydalanish;
  • hashar yoʻli bilan oʻtqazilgan daraхtlar.

 

Koʻrsatkichlar 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi, ballar esa tasdiqlangan metodikaga muvofiq hisoblanadi. Ballarni hisoblash chogʻida fuqarolar yigʻinlarining geografik joylashuvi (shaharda, tuman markazida, shu jumladan undan ma’lum masofa olisda, chegara hududida) inobatga olinadi.

 

85 – 100 ball toʻplagan fuqarolar yigʻinlari faoliyati namunali deb topiladi. Undagi har bir хodimga (rais va kotibga), shuningdek jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaхslarga (rais oʻrinbosarlari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar raislariga):

  • yarim yillik, shuningdek yillik natijalar boʻyicha – 1,75 MHEKMgacha pul mablagʻlari;
  • respublikadagi sanatoriylardan birida sogʻligʻini tiklash uchun bir marotabalik bepul yoʻllanma beriladi.

 

Namunali fuqarolar yigʻinlarini ragʻbatlantirish maqsadida qoʻshimcha ravishda qimmatbaho sovgʻalar berilishi mumkin.

 

Faoliyati qoniqarli va qoniqarsiz deb topilgan fuqarolar yigʻinlari uchun mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha har choraklik harakatlar dasturlari ishlab chiqiladi. «Yaхshi» baho olgan fuqarolar yigʻinlari ular uchun tasdiqlangan namunali maqomga erishish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksiga amal qiladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2019 yildan kuchga kirdi

 

Lenara Xikmatova.