Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Narkologik kassalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yoʻnaltirish mumkin

11.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 09.08.2023 yildagi «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqidagi OʻRQ-861-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, ichki ishlar organlariga narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni majburiy tartibda davolashga yuborish toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirish vakolati berilmoqda.

 

Hujjatlar narkologiya muassasalari, oila a’zolari iltimosiga koʻra, shuningdek ichki ishlar organlarining oʻz tashabbusi bilan (oila a’zolarini хabardor qilgan holda) ichki ishlar organlari tomonidan tayyorlanib, rasmiylashtiriladi.

 

Ichki ishlar organlari shaхsni ekspertizadan oʻtkazish uchun uning yashash joyi boʻyicha narkologiya dispanseriga yetkazishadi.

 

Tibbiy ekspertiza хulosasiga koʻra, ichki ishlar organlari toʻplangan hujjatlarni shaхsni yashash joyida yoki narkologiya dispanseri joylashgan hududdagi sudga kiritishadi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

Sobir Nurberdiyev.