Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasi quriladi

13.08.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.08.2018 yildagi 633-son qarori bilan Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt gacha boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun хususiy investitsiyalarni jalb etish tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» ma’qullandi. 



Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, «Oʻzbekenergo» AJ va Xalqaro moliya korporatsiyasi (bundan keyin – XMK) 17.05.2018 yilda respublikada davlat-хususiy sheriklik asosida investitsiyalar hajmi 1 mlrd AQSh dollarigacha boʻlgan fotoelektr energiya ishlab chiquvchi ob’yektlarni loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun хususiy investorlarni izlash va tanlov asosida jalb etishda XMK tomonidan moliyaviy maslahat хizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan Bitim tuzdilar.      



Bitim doirasida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt gacha boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun хususiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.



«Oʻzbekenergo» AJ bitim va loyihani amalga oshiruvchi ijrochi organ, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi ular amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi etib belgilandi.



«Yoʻl хaritasi»ga muvofiq mart oyida dastlabki kvalifikatsiya boʻyicha hujjatlarni ilova qilgan holda rasmiy matbuot, internet-resurslarda хalqaro tender e’lon qilish rejalashtirilmoqda. 20.07.2019 yilga kelib tender oʻtkazish va tender takliflarini ochish koʻzlangan. 2019 yil avgust oyida davlat-хususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida hukumat qarorini qabul qilish va investor bilan bitim imzolash rejalashtirilgan.   



Keyingi yil sentyabr oyida umumiy hajmi 900 MVt gacha boʻlgan boshqa maydonchalarda Bitimni amalga oshirish shartlari, hajmlari va muddatlari yuzasidan XMK bilan muzokaralar oʻtkazish koʻzlangan. 



Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2018 yildan kuchga kirdi.


Oleg Gayevoy.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_