Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Navroʻz arafasida 44 nafar fuqaro afv etildi

20.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 19.03.2019 yildagi tegishli Farmoniga sharh OʻzAda e’lon qilindi.


Hujjatga muvofiq, Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish koʻrinishida jazo oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan 44 nafar fuqaro Prezident tomonidan afv etildi.

 

Natijada 30 nafar shaхs jazoni ijro etish muassasalaridan oʻz oilalari bagʻriga qaytariladi. Ularning 7 nafari jazodan ozod qilinadi, 11 nafari shartli ozod qilinadi, 12 nafari yengilroq jazo oladi. Shuningdek, 13 nafar shaхsga tayinlangan jazo muddatlari qisqartirildi va 1 nafar shaхs qoʻshimcha jazodan ozod qilindi.

 

Afv etilganlarning 2 nafarini 60 yoshdan oshganlar, 5 nafarini ayollar, 23 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan fuqarolar tashkil etadi.

 

Davlat rahbari afv etilgan shaхslar ijtimoiy hayotga moslashishlari uchun ularga har tomonlama koʻmak berish boʻyicha topshiriqlar berildi.