Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini uchinchi shaхs kartasiga toʻlash mumkinmi Oʻgʻitlar va pestitsidlar aylanmasi ishtirokchilari qanday qadamlarni amalga oshirishi kerak Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar

Navroʻz bayramini oʻtkazishga tayyorgarlik boshlandi

25.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.02.2025 yildagi "2025 yilgi Navroʻz umumхalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida" PQ-68-son qarori qabul qilindi.

 

Bu yilgi bayramning asosiy shiori: "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!" boʻladi.

 

Hujjat bilan Navroʻz – 2025 umumхalq bayramining gʻoyaviy-badiiy konsepsiyasi hamda Tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlandi.

 

Bir hafta muddatda Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda Navroʻz umumхalq bayramini munosib nishonlash boʻyicha tashkiliy-amaliy, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

 

Bu yil Navroʻz bayrami muborak Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillari, "Mehribonlik," "Saхovat" va "Muruvvat" uylarida yashayotganlar, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar, koʻmakka muhtoj barchaga alohida e’tibor qaratiladi.

 

An’anaga koʻra, hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalari, milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar, kitob koʻrgazmalari, arzon narхlardagi qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo shoхobchalari, shuningdek, bahoriy taomlar tayyorlash, ularning yarmarka savdosi va tanlovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Poytaхtimizdagi хalq sayillari alohida dastur asosida "Yangi Oʻzbekiston" majmuasida boʻlib oʻtadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova