Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini uchinchi shaхs kartasiga toʻlash mumkinmi Oʻgʻitlar va pestitsidlar aylanmasi ishtirokchilari qanday qadamlarni amalga oshirishi kerak Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar

NHH ijrosi monitoringi qanday oʻtkaziladi

11.02.2025

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining 07.02.2025 yildagi 3605-son buyrugʻi bilan Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan tkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 16.08.2024 yildagi "Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-111-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Normativ-huquqiy hujjatning amalga oshirilishi va natijalari ustidan muntazam va tizimli nazorat monitoring rejasi asosida amalga oshiriladi. U NHHni qabul qilish maqsadlarini, koʻrsatkichlarni, monitoring oʻtkazish davriyligini va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa talablarni belgilaydi.

 

Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek atrof-muhitga taalluqli NHHlarning ijrosi besh yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa – ular kuchga kirgan kundan boshlab uch yil davomida har yili majburiy nazorat qilinishi lozim.

 

Monitoring normativ-huquqiy hujjat bilan belgilangan davlat organi tomonidan, mas’ul organ belgilanmagan hollarda esa – tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

 

U 15.03.2021 yildagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan loyihalar va qabul qilingan NHHlarning tartibga solish ta’sirini baholash tartibiga muvofiq oʻtkaziladi. Monitoringning asosiy vazifalari:

  • normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishishni ta’minlash;
  • uning amalga oshirilishi va natijalarini tahlil qilish, muntazam va tizimli nazorat qilish;
  • NHHning ta’sirini baholash uchun statistik ma’lumotlarni toʻplash;
  • NHHni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi holatlarni aniqlash;
  • hujjatni amalga oshirish amaliyotining uni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini oʻrganish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova