Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

NHH loyihalari: 2017 yil uchun statistika ishlari

14.11.2016

Qonun hujjatlarini  baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “2017 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

 

I. Iqtisodiyot va ijtimoiy soha holatini va rivojlanishini tavsiflovchi statistik koʻrsatkichlarni tayyorlash

 

Bu yerda quyidagilar inobatga olinadi:

  • makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va iqtisodiy balanslar;
  • narхlar va tariflar;
  • iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari;
  • tashkilotlarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyati va b.

 

II. Davlat statistikasi sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish, normativ va metodologik asoslarini takomillashtirish

 

Ushbu yoʻnalish doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • statistik dastaklarni rivojlantirish, aхborot teхnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish va oʻqitish;
  •  boshqa vazirliklar, idoralar (Davstatqoʻmdan tashqari), tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan statistika ishlari roʻyхatini belgilash.

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz