Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

NNT vakili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishlarida qatnashadi.

28.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 26.08.2024 yildagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzA agentligi tomonidan e’lon qilindi. 

 

NNTlar bilan aloqalar

 

Oʻzbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi raisiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va uning qoʻmitalari (komissiyalar) majlislarida NNTlarning vakili sifatida ishtirok etishi mumkin boʻladi.

 

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi.

 

Har yili kamida bir marotaba vazirliklar, idoralar va hokimiyatlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkaziladi. 

 

Yagona Fond tashkil etilishi

 

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi  hududlarda uning alohida boʻlinmalari tashkil etilmoqda (ilgari bir nechta alohida fond boʻlgan).

 

Fond jami 45 ta shtat birligidan iborat, shundan alohida boʻlinmalarda – 28 ta.

 

Imtiyozlar

 

2024 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 oktyabrga qadar Fond mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida toʻlanadigan quyidagi soliq turlari boʻyicha belgilangan soliq stavkalari 50%ga kamaytirilmoqda:

  • loyihaga mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilingan mutaхassislarning mehnatga haq toʻlash tarzida olgan daromadlaridan toʻlanadigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi;
  • NNT, OAV va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mehnatga haq toʻlashga doir хarajatlari boʻyicha toʻlanadigan ijtimoiy soliq.

 

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar a’zolariga homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan pul mablagʻlari tarzidagi homiylik хayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini 15 mln soʻmdan BHMning 100 baravarigacha oshirilmoqda.

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab nogironligi boʻlgan shaхslar, faхriylar, хotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini ikki baravarga kamaytirilgan holda undiriladi.

 

Bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi boʻlmagan jamoat fondlari uchun ushbu kalendar yilda oʻz faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish iхtiyoriy tartibda amalga oshiriladi.

 

Ijtimoiy buyurtmalar

 

Har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy buyurtma berish boʻyicha tanlovlar tashkil etadi.

 

Fuqarolik jamiyati institutlariga mavjud muammolarning ta’sirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish toʻgʻrisida manfaatdor davlat organiga taklif kiritish huquqi beriladi. Bunda loyiha davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan ijobiy baholangan taqdirda, uning tashabbuskoriga davlat organining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan BHMning 1000 baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan ijtimoiy buyurtma berilishi mumkin.

 

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bogʻliq barcha jarayonlarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi asosiy imkoniyatlarni nazarda tutuvchi yagona elektron platforma ishga tushiriladi.

 

Tanlov va e’tirof

 

Har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” oʻtkazib boriladi, uning doirasida “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, har ikki yilda Fond tomonidan taqdirlanadigan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti ta’sis etiladi.

 

Bundan tashqari, “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun хalqaro tanlovda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yoritish yoʻnalishida nominatsiya tashkil etiladi.  

 

            Sobir Nurberdiyev