Prezidentning 30.05.2020 yildagi «Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam хizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida»gi PQ-4737-son qarori qabul qilindi.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodi: 8703 22 101 0, 8703 23 193 0, 8703 24 101 0, 8703 31 101 0, 8703 32 191 0, 8703 33 191 0) 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga import bojхona bojidan ozod qilindi.
Mazkur imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan 2020 yil 30 mayga qadar olib kirilgan «bojхona ombori» rejimida 6 oydan koʻp turgan yangi tez tibbiy yordam avtomobillarining bojхona rasmiylashtiruvida ham qoʻllaniladi.
Avtomobillardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan import bojхona boji summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda Davlat byudjetiga undirib olinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2020 yildan kuchga kirgan.
Elmira Siraziyeva.